Му5
48

Chilonzorda haydovi qoidani mensimasdan piyodalar yo`lagidagi ayolni urib ketdi (video)

Jamiyat 16.11.2019, 20:36
514
Chilonzorda haydovi qoidani mensimasdan piyodalar yo`lagidagi ayolni urib ketdi (video)

Internet tarmog`ida “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi piyodani urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Voqea Toshkent shahar IIBB tomonidan tezkor o`rganildi va holat aniqlandi.

Unga ko`ra, 15-noyabr kuni soat 08.50 da Chilonzor tumani Beshyog`och ko`chasida “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 43 yoshli Ilyos N. 34 yoshli Kristina Ch.ni urib yuborgan. YTH natijasida piyoda tan jarohatlari olib, tibbiy yordam uchun murojaat qildi.

YTH sababi “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi yo`l harakati qoidalarini mensimasdan, qarama-qarshi harakat yo`lagiga o`tib ketib, boshqariladigan piyodalar yo`lakchasi bo`ylab yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan.

Shunga ko`ra:

"Hurmatli haydovchilar! Yo`l harakati qoidalarini buzib, yo`l-transport hodisasi sababchisiga aylanmang. Unutmang: transport vositasini boshqarar ekansiz, o`zingiz va atrofingizdagilarning hayoti uchun ma`sul bo`lasiz", — deya ogohlantirmoqda Toshkent shahar IIBB.

Шарҳлар