Му5
48

Al-Bag`dodiyning 25 nafar qarindoshi qo`lga olindi

Dunyo 16.11.2019, 21:37
Теглар: Al-Bag`dodiy
348
Al-Bag`dodiyning 25 nafar qarindoshi qo`lga olindi

Xabaringiz bor, oktyabr oyida jahonning eng muhim yangiligi — bu Al-Bag`dodiyning o`lgani haqidagi xabar bo`ldi. Ushbu xabarni IShID ham tasdiqladi. Shundan so`ng, dastavval Al-Bag`dodiyning opasi oilasi bilan, keyin esa uning bolasi ham qo`lga olingani ma`lum qilindi. Ayni paytdagi ma`lumotlarga ko`ra, Turkiya xavfsizlik kuchlari IShIDning yaqinda yo`q qilingan etakchisi Abu Bakr al-Bag`dodiyning 25 nafar qarindoshini ham qo`lga oldi. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib  xabar berilmoqda.

Agentlikning ma`lumot berishicha, Turkiya kuch tuzilmalari xodimlari Kirshehir, O`rdu, Samsun va Shonliurfa viloyatlarida terrorizmga qarshi operasiyalar o`tkazgan.

Turkiya bosh prokuraturasi qo`lga olinganlarning barchasini terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda ayblamoqda.

Avvalroq Suriyada al-Bag`dodiyning opasi Rasmiya Avaz ushlangani ma`lum qilingandi. Manbaning ma`lum qilishicha, Avaz bilan birga uning turmush o`rtog`i, kelini va 5 farzandi ushlangan. 65 yoshli Avaz IShID bilan aloqalarda ayblanmoqda.

Шарҳлар