Му5
48

Jerar Deparde Xivada kurash bo`yicha mahorat darsida ishtirok etdi

Sport 17.11.2019, 15:17
Теглар: kurash, Jerar Deparde, Xiva
199
Jerar Deparde Xivada kurash bo`yicha mahorat darsida ishtirok etdi

Xorazm viloyatidan darakchi sayti muxlislarining xabar berishicha bugun – 17-noyabrda Xiva shahrining Ichon Qala muzey-qo`riqxonasi Ko`hna Ark maydoni oldida O`zbekiston Respublikasi bayrog`i qabul qilinganining 28-yilligi munosabati bilan ommaviy sportning milliy kurash turi bo`yicha mahorat darslari tashkil etildi. 

Ushbu mahorat darslarini fransuz aktyori Jerar Deparde ham katta qiziqish bilan tomosha qildi. Taniqli aktyor o`zbek sportchilarining muvaffaqiyatli chiqishlarini qarsak chalib, qo`llab-quvvatladi. Shuningdek milliy kurash turi bo`yicha o`zini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Mahorat darsini tashkillashtirishda viloyat sport bo`limi, Bolalar va o`smirlar sport maktabi, Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati trenerlarining hissasi katta buo`ldi.

Шарҳлар