Му5
48

Prezident “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan fuqaro “Beeline”ga adashib o`tkazgan pullarini qaytarib oldi

Hi-tech 17.11.2019, 15:46
Теглар: aloqa kompaniyasi, to`lov
690
Prezident “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan fuqaro “Beeline”ga adashib o`tkazgan pullarini qaytarib oldi

Sariosiyo tumani “Bog`iobod” mahallasida yashovchi fuqaro Z.Mingliboev O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni”ga “Beeline” aloqa kompaniyasi faoliyatidan norozi bo`lib murojaat qildi, deb xabar berdi xs.uz sayti. 

Fuqaro murojaati asosida O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi quyidagilarni aniqladi.

Ma`lum bo`lishicha, Z.Mingliboevning telefon raqamiga 1 113 000 (bir million bir yuz o`n uch ming) so`m pul ortiqcha to`langan. Fuqaro aloqa kompaniyasiga ortiqcha pulni qaytarishni so`rab murojaat qilganda, unga o`zining nomiga ochilgan bank plastik kartochkasi yoki bankdagi hisob raqamiga o`tkazib berish bildirilgan. Ammo fuqaro o`zining bankda shaxsiy hisob raqami va plastik kartochkasi yo`qligi, yangidan ochish imkoni mavjud emasligi, chunki 1-guruh nogironi ekanini aytgan. Bunga javoban aloqa kompaniyasi xodimlari pulni qaytarishning boshqa yo`li yo`qligini ta`kidlashgan.

Z.Mingliboevning O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni”ga murojaatidan so`ng O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasining aralashuvi bilan fuqaroning jismoniy imkoniyatlari cheklanganligi inobatga olinib, aloqa kompaniyasi ortiqcha to`langan pulni tomonlarning roziligi bilan uning tug`ishgan opasi G.Mingliboevaning bank plastik kartochkasiga o`tkazib berdi.

Шарҳлар