Му5
48

Ravshan Mamutov: "2030 yilgacha aholining 91 foizi toza ichimlik suvi bilan ta`minlanadi"

Siyosat 17.11.2019, 20:47
Теглар: debat, ichimlik suvi, O`zLiDeP
316
Ravshan Mamutov: "2030 yilgacha aholining 91 foizi toza ichimlik suvi bilan ta`minlanadi"

Avval xabar berganimizdek, fuqarolar orasida ma`lum noroziliklarga sabab bo`layotgan muammolar siyosiy partiyalar ishtirokida o`tkazilayotgan debatlarda keng muhokama qilinmoqda. O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda “Mening yurtim” (My5), “Sevimli” va “Milliy” telekanallari hamkorligida tashkil qilingan debatda O`zLiDeP vakili, O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari Ravshan Mamutovga quyidagicha savol berildi:

“Bizga etib kelayotgan ma`lumotlarga qaraganda aholi orasida tarqaladigan ko`plab kasalliklar sifati yaxshi bo`lmagan ichimlik suvi oqibatida kelib chiqadi. Bugungi kunda fuqarolarga ichimlik suvi sifatida etkazib berilayotgan sizot oqimidagi suvlarning iste`molga yaroqliligiga kim kafolat bera oladi?"

R.Mamirovning ta`kidlashicha ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vazirligi tomonidan aholiga 2 mlrd 600 mln kub suv ichimlik suvi uchun etkazib beriladi. Bu borada Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi tomonidan maxsus dastur qabul qilingan va unga ko`ra 2030 yilgacha respublikamiz aholisining 91 foizi toza ichimlik suvi bilan ta`minlanadi. Hozirda bu bo`yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Afsuski 2030 yilgacha hali ancha uzoq. Shunda ham 91 foiz aholiga toza suv etib borishi aytilmoqda. Demak ungacha fuqarolar o`z salomatligi uchun o`zi mas`ul bo`lishi, iloji boricha toza suvni tejab, kafolati bo`lmagan havzalardan suv iste`mol qilmasligi talab etiladi.

Шарҳлар