Му5
48

XDP vakili: "Tortib olingan Nogironlik jamiyati binosini qaytarishga bugunning o`zida kirishamiz!"

Siyosat 17.11.2019, 21:12
Теглар: debat, nogironlar jamiyati, hokim
355
XDP vakili: "Tortib olingan Nogironlik jamiyati binosini qaytarishga bugunning o`zida kirishamiz!"

Bo`lib o`tgan debatda jurnalist Mavjuda Mirzaeva Farg`ona viloyati Ko`zi ojizlar jamiyatiga qarashli dam olish maskani viloyat hokimi tomonidan viloyat ma`naviyat markaziga olib berilishi bilan bog`liq masalani debat ishtirokchilari muhokamasiga qo`ydi. 

"Viloyatdagi nogironlarning huquq va manfaatlarini qaysi partiya himoya qiladi? XDP nogironlarni himoya qilish mavzusini o`z saylovoldi dasturiga kiritgan. Xo`sh, bu masala ularni qiziqtiradimi?" deya savol berdi jurnalist. 

XDP vakili shu bugundan boshlab partiya a`zolari bu masala bilan shug`ullanishini aytdi. Hatto murojaat bilan poytaxtga etib kelgan Farg`ona viloyati Nogironlar jamiyati raisi, 1-guruh nogironini masala hal qilinguncha mehmonxona bilan ta`minlashni o`z zimmasiga oldi. 

Xo`sh, bu safar berilgan va`dalar bajariladimi? Balandparvoz so`zlar og`izda yo qog`ozda qolib ketmaydimi? Buni hayot ko`rsatadi.

Шарҳлар