Му5
48

Hasanboy Do`stmatov raqibini nokautga uchratdi

Sport 17.11.2019, 22:15
Теглар: Hasanboy Do`stmatov, boks, nakaut
306
Hasanboy Do`stmatov raqibini nokautga uchratdi

Professional boksning birinchi o`ta engil (48,99 kg) vazn toifasida faoliyatini boshlagan Hasanboy Do`smatov debyut jangida muddatidan oldin g`alaba qozondi.

Meksikada bo`lib o`tgan boks musobaqasida Hasanboy Do`smatov mezbon bokschi Xesus Servantes Vilyanuevaga (9-8, 5 KO) qarshi ringga ko`tarildi. Olti raundga mo`ljallangan jang ikkinchi raundning 2:28 soniyasi ortda qolganida to`xtatildi. Do`smatov tomonidan raqibning jigar qismiga berilgan zarbadan so`ng u erga quladi va hakam bahsni to`xtatishga qaror qildi.

Shu tariqa Hasanboy Do`smatov professional boksdagi faoliyatini muddatidan oldin g`alaba bilan boshladi.

Шарҳлар