Му5
48

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi sotuvga qo`yildi. Narxi hayratlanarli

Jamiyat 19.11.2019, 08:11
Теглар: Bosh prokuror, Rashid Qodirov, uy
2141
Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi sotuvga qo`yildi. Narxi hayratlanarli

O`zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan uyi kimoshdi savdosiga qo`yildi. Bu haqda «Daryo» manbalari xabar bergan.

Sobiq bosh prokurorning uyi 10 007 940 000 so`m (o`n milliard etti million to`qqiz yuz qirq ming so`m) boshlang`ich narx bilan ochiq savdoga chiqarilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, hashamatli uy sobiq bosh prokurorning rafiqasi nomida bo`lgan.

Rashid Qodirov 2019 yil iyun oyida 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima bilan jazolangan edi. U pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan edi.

Шарҳлар

O`zbekiston xalq artisti olamdan o`tdi

05.12.2019, 08:23

Ko`pgina rollari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan aktyor O`zbekiston xalq artisti Tohir Miraliev olamdan o`tdi. Tohir Miraliev "Tilla buva" (2011), "Uchar otlar" (2011), "Qovun" (2012), "Jasur"...
Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovning Toshkentdagi hovlisida tintuv o`tkazildi

06.11.2019, 11:17

O`zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Otabek Murodovning mol-mulki va uylari ro`yxati shakllantirilgan. Bu haqda «7news.uz» ishonchli manbasiga tayanib xabar bermoqda.Otabek Murodovning Toshkent shahar Yunusobod tumani...