Му5
50

Davlat byudjetidan qaysi tarmoqqa qancha harajat qilingan?

Iqtisodiyot 19.11.2019, 15:04
363
Davlat byudjetidan qaysi tarmoqqa qancha harajat qilingan?

2019 yil 9 oyligida Davlat byudjeti daromadlari 79 trln. 159,5 mlrd. so`mni tashkil qildi.  O`tgan yilning mos davriga nisbatan 46.2 foizga o`sdi hamda belgilangan 73 trln. 220,0 mlrd. so`m reja 5 trln. 939,5 mlrd. so`mga ortig`i bilan (108,1 foiz) bajarildi. O`z navbatida, Davlat byudjeti daromadlarining Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 21,9 foizga etdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi barcha qo`mitalarning navbatdagi yig`ilishida ma`lum qilindi. 

Davlat byudjetining o`tgan 9 oyligi yakuni bo`yicha xarajatlari (davlat maqsadli jamg`armalarisiz) 86 trln. 482,4 mlrd. so`mni (aniqlangan reja ko`rsatkichlariga nisbatan 99,0 foiz) yoki YaIM ga nisbatan 23,9 foizni tashkil etdi. Ta`kidlash joizki, Davlat byudjeti umumiy xarajatlarining qariyb 53,2 foizi, ya`ni 45 trln. 970,9 mlrd. so`mi ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun sarflandi.

Xususan, ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini (52,6 foiz) tashkil etgan ta`lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat byudjetidan 24 trln. 193,2 mlrd. so`m mablag` yo`naltirildi.

Aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va uning turmush farovonligini oshirish xarajatlari (nafaqalar, moddiy yordam va kompensasiya to`lovlari)ga 3 trln. 451,5 mlrd. so`m miqdorda mablag` ajratildi.

Sog`liqni saqlash sohasiga Davlat byudjetidan yo`naltirilgan mablag`lar miqdori 10 trln. 568,8 mlrd. so`mni (yoki ijtimoiy xarajatlarga ajratilgan mablag`larning 23,0 foizini) tashkil etdi. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 60,9 foizga o`sish qayd etilganini ko`rsatadi.

Шарҳлар