Му5
50

Yashirincha olib chiqishga urinilgan 100 ming AQSh dollari ushlab qolindi

Jinoyat 19.11.2019, 16:12
215
Yashirincha olib chiqishga urinilgan 100 ming AQSh dollari ushlab qolindi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni yurtimizdan noqonuniy olib chiqishga bo`lgan urinishni fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

“Qo`shkent” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatga o`tish uchun kirib kelgan xorijiy fuqaro I.E. boshqaruvidagi “Opel Astra” avtoulovi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs deklarasiyada ko`rsatmasdan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilmasdan, avtomashinasida 100 500 AQSh dollarini yashirgan holda qo`shni mamlakatga olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Шарҳлар