Му5
48

Gavhar Sharipovaning avtohalokat tafsilotlari ma`lum qilindi. Aktrisa yurib ketayotgan avtobusdan tushib qolmokchi bo`lgan

Jamiyat 19.11.2019, 17:38
4298
Gavhar Sharipovaning avtohalokat tafsilotlari ma`lum qilindi. Aktrisa yurib ketayotgan avtobusdan tushib qolmokchi bo`lgan

Aktrisa Gavhar Sharipova Qashqadaryodagi YTH da vafot etgani xabar qilingan edi. 

Aktrisa yurib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgan va ko`ngilsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan, deya xabar beradi Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati.

Voqea 18 dan 19 noyabrga o`tar kechasi soat 1:00 da sodir bo`lgan. G`uzor tumanining Yorg`unchi qishlog`ida harakatlanib ketayotgan avtobusda yo`lovchi sifatida Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga ketayotgan aktrisa haydovchiga avtobusni to`xtatishini, tushib qolishini aytgan. Biroq havdovchining ogohlantirishi va avtobus tez harakatlanayotgani haqida ogohlantirishiga qaramasdan avtobus eshigini ochuvchi tugmani bosib, yurib ketayotgan avtobusdan tushishga uringan hamda baxtsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan.

Шарҳлар