Му5
48

Tergov departamenti aktrisaning o`limiga oid qo`shimcha ma`lumotlarni taqdim etdi

Jamiyat 19.11.2019, 23:11
2591
Tergov departamenti aktrisaning o`limiga oid qo`shimcha ma`lumotlarni taqdim etdi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamenti aktrisa Gavhar Sharipovaning o`limi bilan bog`liq qo`shimcha ma`lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko`ra, 2019 yil 18 noyabrga o`tar kechasi soat 02:20 larda 29 yoshli F.Sh. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli (yuk tashuvchi) avtomashinasi bilan «Samarqand-G`uzor» yo`nalishidagi A-378 yo`lning Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani Yarg`unchi mahallasi hududidan o`tgan 140 km.ga kelgan vaqtida, yo`lovchi sifatida ketayotgan Sharipova Gavhar Hasanovna bilan o`zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning natijasida G.Sharipova avtomashina eshigini ochib tushib qolmoqchi bo`lganligini ko`ra turib, F.Sh. tezlikni pasaytirmasdan harakatlanishda davom etgan. Buning oqibatida G.Sharipova transport vositasidan tushib ketib turli darajada tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhuma G.Sharipovaning o`limiga sababchi bo`lgan yo`l-transport hodisasiga xos og`ir tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G`uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasiga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Ayrim manbalarda hodisa avtomobil haydovchisi aktrisaga shilqimlik qilgani oqibatida yuz berganligi ma`lum qilinmoqda.

Шарҳлар