Му5
50

Samarqandda 80 ming nafar aholi kanalizasiya bilan ta`minlanadi

Jamiyat 19.11.2019, 23:17
181
Samarqandda 80 ming nafar aholi kanalizasiya bilan ta`minlanadi

Samarqand shahrida Jahon banki tomonidan ajratilgan 49,3 million AQSh dollari hisobidan, 60,4 kilometr oqova tarmoqlarini qurish (shundan 54,3 kilometr yangi oqova tarmoqlari qurilib, 5,6 kilometri rekonstruksiya qilindi) ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, navbati bilan qo`shimcha 3 ta oqova suv nasos stansiyalari (KNS) va 45 kilometr kanalizasiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan, deya xabar beradi Samarqand shahar hokimligi.

Samarqand shahrida olib borilayotgan mazkur ishlar nihoyasiga etadigan bo`lsa, shahrimizdagi 80 ming nafardan ortiq aholi markazlashtirilgan kanalizasiya xizmatlari bilan to`liq ta`minlanadi.

Шарҳлар