Му5
50

2020 yildan bank kreditlari foizi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo`lmagan darajada belgilanadi

Iqtisodiyot 20.11.2019, 10:03
455
2020 yildan bank kreditlari foizi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo`lmagan darajada belgilanadi

“Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o`tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o`rnatish yo`li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o`tkazadi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan, davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar bo`yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo`lmagan darajada belgilanadi.

2021 yil 1 yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining ma`lum bir qismini kompensasiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilinadi.

Farmon bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyasiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta`minlash bo`yicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi va 2020 yilda inflyasiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta`minlash bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi. 

Shuningdek, Inflyasiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini ta`minlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish bo`yicha komissiya tashkil etilib, inflyasiya omillari va narxlar oshishiga olib kelayotgan sabablarni bevosita joyiga chiqqan holda tahlil etish va tanqidiy baholab borish komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Шарҳлар