Му5
48

Qoraqalpog`istondagi otishma sabablari aniqlandi (video)

Madaniyat 21.11.2019, 11:27
Теглар: otishma, Qoraqalpog`iston, film
1766
Qoraqalpog`istondagi otishma sabablari aniqlandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonning Ellikqal`a tumanida ulkan qora yuk mashinasidagi odamlar ikkita patrul mashinasini o`qqa tutayogani aks etgan  video tarqaldi. Video ostidagi izohlarda, bu voqea "O`zbekkino" Milliy agentligi  bilan birgalikda hindistonlik kinoijodkorlar suratga olinayotgan yangi film jarayonlari deb taxmin qilingan.

"O`zbekkino" MA bosh direktori  F. Abduxoliqovning so`zlariga ko`ra, internetda paydo bo`lgan suratlar “Xudo  Hofiz” nomli  hind filmiga tegishli kaskadyorlik lavhalaridir.  

- Mamlakatimizning dunyoga ochilayotgani va kinoni qo`llab-quvvatlash borasidagi  mexanizmlar bugungi kunda nafaqat yangi sheriklar bilan ishlash, balki mamlakatga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish imkonini bermoqda. Rejaga binoan, hind kinoijodkorlarining O`zbekistondagi sarf-xarajatlari taxminan 1 million dollarni tashkil etadi”.

Film ssenariysiga ko`ra, global moliyaviy inqiroz boshlangan paytda yosh juftlik Usmon va Nargis moddiy  qiyinchiliklarga duch kelishadi  va Noman Respublikasiga (xayoliy mamlakat) borib ishlashga qaror qilishadi. Usmon avvaaliga Nargisni Nomanga yuboradi va orqasidan o`zi borishga qaror qiladi. Ammo ko`p o`tmay, unga aeroportdan sarosima bilan qo`ng`iroq qilishadi. Usmon darhol Nomanga uchib ketadi va Nargisni topishga harakat qiladi. Ayoli odam savdosi qurboniga aylanganini anglab, mamlakat rasmiy idoralariga murojaat qiladi. Ichki razvedka xodimi Tamenaning ko`magida jinoiy guruhning iziga tushishadi. Nihoyat Usmon Nargis va boshqa hindistonlik "tirik tovarlar" joylashgan yuk mashinasini olib qochadi. Jinoiy guruh Usmonni ta`qib qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ana shu jarayon aks etgan.  

Eslatib o`tamiz, filmni suratga olishda Hindiston, AQSh, Rossiya va Evropa mamlakatlaridan 150 dan ortiq aktyor, shuningdek, Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali drama teatrining aktyori Otabek Haqberdiev ishtirok etmoqda.

Kartina  premerasi 2020 yilga mo`ljallangan.

Bugun Hindistonning Panorama Studios studiyasi O`zbekistondagi suratga olish ishlarini yakunladi. Filmni suratga olish jarayonlari Hindistonda davom etadi.Video:

Шарҳлар