Му5
50

Habib Nurmagomedov “Narxoz” talabalariga pomidor sotuvchisi bo`lishi haqidagi sirini oshkor etdi?

Sport 22.11.2019, 10:11
Теглар: Habib Nurmagomedov
637
Habib Nurmagomedov “Narxoz” talabalariga pomidor sotuvchisi bo`lishi haqidagi sirini oshkor etdi?

 Xabaringiz bor, kecha UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov TDIUga tashrif buyurdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida MMA bo`yicha Toshkent shahri mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov bilan talabalar uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv davomida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan chempionga murojaat qildilar.

Ilm olishda nimalarga e`tibor berish kerak…?

Habib, Nurmagomedov:

— Nafaqat ilm olishda balki, axborot almashishda ham uning manbasini aniqlashtirish kerak. Bu nimaga kerak. Eng avvalo o`zingizga kerak bo`lmagan axborotlarga vaqtingizni sarflamaysiz. Ikkinchidan, mukammal bilimga ega bo`lasiz. Sizga bir misol keltiraman. Buyuk vatandoshingiz Imom al-Buxoriy hadislar to`plashda va uni saralashda amalga oshirishgan ishlariga nazar soling. Har bir hadisni oxirgi manbasigacha tekshirishga bel bog`lagan. Hozir ko`rib turibsizki buyuk allomaning mehnati qanchalik ulug`vor.

Qaysi kitobni o`qishi haqida…

— Oskar Egerning “Dunyo mamlakatlari va xalqlarining umumbashariy tarixi” asarini o`qish menga yoqimli. Unda barcha xalqlarning tarixi, madaniyati, tili, aholisi haqida ma`lumotlar bilan tanishish mumkin.

Sportchi bo`lmaganida qaysi kasbni tanlardi?

— Sportchi bo`lmaganimda balkim pomidor sotuvchisi yoki uni etishtiruvchi bo`lardim (zalda kulgu). Qanday kasb egallashimdan qat`iy nazar mehnat qilishdan to`xtamasdim. Sportda erishgan yutuqlarim ham mashaqqatli mehnat natijasi, deb hisoblayman. Inson mehnat qilishdan qochmasligi, o`z ustida ishlashdan chekinmasligi kerak.

Orzusi va rejalari haqida...

— Oldinga qo`yilgan maqsadlar ko`p, lekin orzular marraga yaqinlashganing sayin o`zgarib borar ekan. Shundaylaridan biri o`z maktabimni yaratish. Jumladan, O`zbekistonda ham o`z sport yo`nalishimda maktab tashkil qilish ham o`rin olgan.

Tadbir so`ngida Habib Nurmagomedov eng yaxshi savol egalariga o`z esdalik sovg`alarini topshirdi. 

TDIU rektori Kongratbay Sharipov va Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori Qalandar Abdurahmanov Habib Nurmagomedovga tashrif uchun tashakkur izhor qilib, esdalik sovg`alarini topshirdilar

Шарҳлар

Rasman: Habib Nurmagomedovning keyingi jangi sanasi va raqibi ma`lum bo`ldi

27.11.2019, 08:10

 Engil (-70,3 kg) vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov (28-0, 18 KO) 2020 yil 18 aprel kuni o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi. Bu haqda GoSport.uz muxbiri sportchining menejeri Ali Abdulazizga tayanib...
Habib Nurmagomedov “Narxoz” talabalari bilan uchrashdi

21.11.2019, 18:59

Ma`lumki, kecha UFC’ning engil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov tantanali kutib olindi va ayni paytda u Toshkentda.Bugun, 21 noyabr kuni soat 18:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida UFC mutlaq...