Му5
50

Moskvada 79 qavatli bino qurilib, foydalanishga topshirildi

Dunyo 22.11.2019, 18:48
Теглар: Moskva, osmono`par bino
1084
Moskvada 79 qavatli bino qurilib, foydalanishga topshirildi

"Moskva-Siti"da (Rossiya) ma`muriy-ishbilarmonlik majmuasi «Neva Towers»ning binosi foydalanishga topshirildi. Bu osmono`par binoni 79 qavatdan iborat. Bu yangilik bugun 22 noyabrda Mosgosstroynadzor tomonidan jurnalistlarga ma`lum qilgan.

Aytilishicha, bu ko`p qavatli majmuaning dastlabki ko`rinishi, majmuaga yana bir minora qo`shiladi. «Neva Towers»da ofislar va turarjoylar, 2040 ta mashinaga mo`ljallangan avtoturargoh bo`ladi. bular haqida «REGNUM» xabari berdi.

Ikkinchi minora 68 qavatli bo`lib, uning qurilishini 2020 yilning oxirigacha nihoyalashmoqchi.

Ma`lumot uchun: «Neva Towers» (birinchi nomi — «Renaissance Moscow Towers») o`rnida avvaliga balandigi 612 metrli «Rossiya» minorasini qurishmoqchi bo`lgan, biroq moliyaviy inqiroz va sarmoyaviy muammolar sababli qurilish bekor qilingan.

Qurilish maydonining teng yarmiga egalik huquqi 2014 yili «Renaissance Construction» (Turkiya) kompaniyasi ixtiyoriga o`tgan.

Umumiy maydoni 2,41 gektarga teng uchastkada kompaniya ikkita minoradan iborat majmuani barpo etmoqda: birinchisi (qurib bitkazilgani)ning balandligi 345 metr va 79 qavatli, ikkinchisining balandligi 297 metr va 65 qavatdan iborat bo`ladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, loyiha umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollariga teng.

Шарҳлар