Му5
8

Endi "Jonaffar"liklarning farzandlari maktabga borish uchun har kuni 7 km yo`l yurmaydi

Jamiyat 19.01.2020, 22:09
853
Endi "Jonaffar"liklarning farzandlari maktabga borish uchun har kuni 7 km yo`l yurmaydi

Buxoro viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, bugungi kunga qadar, Kogon tumanidagi "O`rta cho`l" MFY hududidagi o`quvchi-yoshlar 7 km uzoqlikda joylashgan 8-umumiy o`rta ta`lim maktabiga qatnab tahsil olib kelishayotgan ekan. 

Aholining haqli e`tirozlari va viloyat hokimining shaxsiy takliflari bilan "O`rta cho`l" MFY hududidagi "Jonaffar" qishlog`ida 22-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi yangidan zamonaviy qurilib foydalanishga topshirildi.

Endilikda, tumanda 22 ta umumiy o`rta ta`lim maktabi va 1 (1-IDUM) ta ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o`rta ta`lim maktabi, jami 23 ta maktab faoliyat yuritmoqda.

22-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi 240 o`rinli bo`lib, 9 ta sinf xona, 9x18 o`lchamli sport zali, boshqaruv va kutubxonadan iborat.

Mazkur 22-maktabda 7 km gacha uzoqlikdagi masofadan qatnab, 8-umumiy o`rta ta`lim maktabida tahsil olayotgan, maktab sig`imidan ortiqcha bo`lgan 244 nafar o`quvchilar hamda ushbu maktabda foliyat yuritayotgan pedagog xodimlar tuman hokimining 2020 yil 6 yanvardagi 3-sonli qarori bilan ko`chirildi.

 

Шарҳлар