42

Mouse-Box — ham kompyuter sichqonchasi, ham kompyuter

Hi-tech 03.03.2015, 15:43
5303
Mouse-Box — ham kompyuter sichqonchasi, ham kompyuter

Odatda sichqoncha kompyuterga ulanadi va barcha ishlar ana shu kichik texnik moslama yordamida amalga oshiriladi. E`tiboringizga havola etilayotgan bu sichqoncha kompyuter o`rnini o`zi bosa oladi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Polshalik olimlar tomonidan yaratilgan Mouse-Box kompyuter sichqonchasini mini-kompyuter deyish mumkin.

Mouse-Box tashqi jihati va dizaynidan boshqa sichqonchalardan farq qilmaydi. Biroq u ARM Cortex to`rt yadroli protsessor, 1,4 GGts taktli chastota hamda 128 Gb hajmli xotiraga ega.

U ikki USB -porti va bir Micro –USBga ega. Qurilma displeyga ulanish uchun HDMI interfeysi, shuningdek, simsiz Wi-Fi tarmoqqa ulanish uchun ma`lumotlar uzatish moduli bilan jihozlangan.

Maxsus gilamchasi bir vaqtning o`zida uni uvvatlantirib turadi. Mouse-Box shunchaki sichqoncha hamda alohida kompyuter sifatida foydalanishi mumkin. Ayni vaqtda olimlar jamoasi ushbu kompyuter sichqonchasini ishlab chiqarish uchun munosib sherik izlashmoqda.

Manba: uz.infocom.uz

Комментарии