my5

Lisenziya va ruxsatnomalar soni ikki-uch marttaga qisqaradi

Siyosat 21.02.2020, 11:07
792
Lisenziya va ruxsatnomalar soni ikki-uch marttaga qisqaradi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev lisenziya va ruxsatnomalar sonini ikki-uch martaga qisqartirishni topshirdi, deya xabar beradi Gazeta.uz. 

 

Ruslanbek DAVLETOV, Adliya vaziri:

— Hozirgi kunda O`zbekistonda lisenziyalanishi kerak bo`lgan 266 turdagi faoliyat va 138 turdagi ruxsat berish tartib-taomillari mavjud. Ularning ro`yxati qayta ko`rib chiqilgandan so`ng, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlariga, shuningdek jamoat xavfsizligiga putur etkazadigan sohalardagina lisenziya beriladi. Davlat har bir sohada o`zining ishtirok etish chegaralarini belgilab olishi kerak. Ushbu faoliyatni tartibga soluvchi qonun 20 yil oldin qabul qilingan. Shuning uchun biz yagona hujjat — lisenziyalash va ruxsat berish tizimini kompleks tartibga solish bo`yicha alohida kodeksni ishlab chiqish topshirildi.

Shavkat Mirziyoev yig`ilishda 33 davlat organi lisenziya berayotganini ta`kidladi. Masalan, Qurilish vazirligi 35 tadan ortiq, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi — 34 ta, Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi — 438 ta, Davlat soliq qo`mitasi — 80 ga yaqin lisenziyalar beradi.

«Kimga kerak? Ertaga korrupsiya bo`lmasligiga kim kafolat beradi?» — deb so`radi davlat rahbari.

Prezidentning ta`kidlashicha, lisenziyalash tartib-taomillari sonini qisqartirish va lisenziyalash tizimini tubdan qayta ko`rib chiqish vaqti keldi, aks holda «barcha sohalar rivojlanishda orqada qoladi».

Shavkat Mirziyoev advokat maqomini olish tartibini tanqid qildi. U advokatura to`g`risida qonun 2009 yilda qabul qilinganini esladi. Hujjatda lisenziya olish uchun advokatlik maqomini olish uchun da`vogar kamida ikki yillik yuridik mutaxassis tajribasiga ega bo`lishi, shu jumladan kamida uch oy yuristlik firmasida amaliyot o`tashi va malaka imtihonidan o`tishi shartligi belgilab qo`yilgan.

«Bir advokatga 33 ming kishi to`g`ri keladi. Adolat qaerda? 2009 yilda qaror qabul qilindi: unda advokat bo`lish uchun siz ikki yil yurist bo`lib ishlashingiz kerakligi aytilgan. Yuristlarning o`zlari yo`q. Aslida ularga lisenziya olishlariga yo`l qo`yib berilmagan», — dedi u.

Qayd etish joizki, prezidentning 2020 yilgi Davlat dasturini tasdiqlash to`g`risidagi farmoni loyihasida 2020 yil 1 oktyabrdan Adliya vazirligi tomonidan advokatlik faoliyatini lisenziyalash tartiblarini bekor qilish ko`zda tutilgan. Undan keyin advokatlik maqomi Advokatlar palatasi tomonidan taqdim etiladi.

Lisenziyalarning 79 foizi, ruxsat beruvchi hujjatlarning 80 foizi hanuzgacha qog`oz shaklida berilmoqda. «Lisenziya» axborot tizimlari kompleksi 2014 yilda tashkil etilganiga qaramay, bugungi kunda bu portal deyarli faoliyat yuritmayapti. O`tgan yili 4 mingdan ortiq lisenziya «bir darcha» tamoyiliga rioya qilinmasdan berilgan. 1 avgustga qadar lisenziya berish bilan bog`liq barcha jarayonlarni to`liq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasi qo`yildi.


 

Шарҳлар