my5

Italiyalik aktyor va model Toshkentdagi kvartirasidan o`lik holda topildi

Jinoyat 22.02.2020, 11:44
2212
Italiyalik aktyor va model Toshkentdagi kvartirasidan o`lik holda topildi

Italiya fuqarosi Jorjo Geno Toshkentda ijaraga olgan xonadonida o`lik holda topildi.

Xabarga ko`ra, 16 fevral, yakshanba kuni soat 23:00 da Mirobod tumani IIB FMBga F.B.dan — 1992 yilda tug`ilgan Jorjo Geno vaqtinchalik propiska qilingan xonadon egasidan tezkor xabar kelib tushgan.

Voqea joyi ko`zdan kechirilgan vaqtda xonadon eshigi buzilgani, xonalardagi buyumlar tartib holda ekani, halok bo`lgan odamning tanasida tashqi jarohatlar yo`qligi aniqlangan. O`lim sababini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi o`tkazilishi belgilangan. Tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Jorjo Genoning o`limi haqidagi xabarlar Italiya OAVda 20 fevral, payshanba kuni tarqalishni boshlagan. Xabarlarga ko`ra, yigitning ota-onasi uch kun davomida u bilan bog`lana olmagan va mahalliy hokimiyat vakillaridan bu borada yordam so`ragan, yakunda Geno kvartirada o`lik holda topilgan.

Jorjo Geno ko`p yillar davomida xorijda, jumladan, Avstraliya va Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan aksar mamlakatlarda yashagan. U O`zbekistonga bir necha oy ilgari kelgandi. Ota-onasining so`zlariga ko`ra, Jorjoning sog`lig`i joyida bo`lgan va u bodibilding bilan shug`ullangan.

Foto: Il Messaggero

Avstraliyaning Star Now saytida berilgan ma`lumotda Jorjo Genoning ijodni endi boshlagan aktyor va model ekani yozilgan.

Шарҳлар