Му5
46

Poytaxtimizda Polsha avtobus-transformerlari paydo bo`lishi mumkin

Hi-tech 16.04.2015, 14:43
8107
Poytaxtimizda Polsha avtobus-transformerlari paydo bo`lishi mumkin

Polshaning avtobus, tarmvay va trolleybuslar ishlab chiqaruvchi Solaris Bus & Coach S.A. yirik kompaniyasi O`zbekistonni o`zining jamoat transporti lineykasini etkazib berish uchun istiqbolli bozor sifatida ko`rib chiqmoqda. Joriy haftada kompaniya delegasiyasi Toshkent hokimiyatida muzokaralar o`tkazib, unda tomonlar jamoat transporti shahar tizimining asosiy ehtiyojlari va ularni qondirish bo`yicha Solaris imkoniyatlarini muhokama etishdi, deb yozmoqda Uzbekistan Today ma`lumotlari asosida telegraf.uz.

“Toshkentga ish kuni boshi va oxirida tirbandlik muammosini hal qila oladigan avtobus shakli kerak”, - dedi Solaris Bus & Coach S.A.  savdo va loyihalar bo`limi rahbari Paulo Santos. Uning aytishicha, kompaniya zarur bo`lganda ajrala oladigan va sutkaning yuklanmagan vaqtida yo`lovchilar oqimiga sozlanadigan va yo`nalish harajati qoplanishini oshira oladigan avtobusni etkazib bera oladi.

“Foydalaniladigan avtobuslar suyultirilgan gaz asosida ishlashi kerak. Kompaniyamiz bunday avtobus taqdimotini o`tkazdi va Polshaga zavodlarimizdagi ishlab chiqarishda biz foydalanadigan echimlarni o`rganish uchun O`zbekiston tomonini taklif qildi”, - deya ma`lum qildi Santos.

Шарҳлар