42

Andijonlik talaba “Elektron yoritgichli hassa, palma, ryukzag, quvvatlagich, hamyon” hamda “Yoritgichli ko`zgu” kabi 10dan ziyod ixtirol

Hi-tech 17.04.2015, 11:38
9315
Andijonlik talaba “Elektron yoritgichli hassa, palma, ryukzag, quvvatlagich, hamyon” hamda “Yoritgichli ko`zgu” kabi 10dan ziyod ixtirol

Andijon mashinasozlik instituti iqtidorli talabalari konstruktorlik byurosida talabalar bugungi kunning dolzarb muammolari echimiga ilmiy loyihalari bilan salmoqli hissa qo`shmoqda. Institutning “Avtomatika va elektrotexnologiyalar” fakultetida ijodiy izlanishlar olib borayotgan iqtidorli yoshlar Farhod Mahmudov, Nurulloxon Murodxonov, Ulug`bek  Ismonovlar birgalikda mikroGES  ustida ish olib borayotgan bo`lsalar, Nodirbek Abidjanov shamol yordamida energiya olish bo`yicha ishlangan uyning nusxasini yaratdi. Shuningdek, Muhriddin Sharipov hamda Muhammadamin Ummatalievlar shamol energiyasi yordamida kichik hajmli chiroqlarni nurlantiradigan qurilmalar ixtiro qilishdi, deb xabar beradi telegraf.uz nashri.

Shuningdek, Baliqchi industrial pedagogika kollejining iqtidorli talabasi, 10 dan ortiq loyihalar egasi Shahrizod Musaboevning izlanishlari davomida  yo`l harakatida qo`l keladigan “Yoritgichli yo`l belgisi”, tashkilot va o`quv binolarining tashqi ko`rinishini bezab turadigan “Elektron palma” daraxti, keksalarga yordam beradigan “Elektron yoritgichli hassa”, davlat bojxona idoralarida qo`llashga mo`ljallangan “Yoritgichli ko`zgu”,  sayyohlarga amaliy ko`mak beradigan “Elektron ryukzag”, mobil aloqa vositalarini yo`l-yo`lakay quvvatlashga mo`ljallangan “Elektron quvvatlagich” va to`lovlarni amalga oshirishda ommalashgan plastik to`lov kartalarining mablag` miqdorini aniqlab beradigan “Elektron hamyon” kabi ixtirolari barchani lol qoldirmoqda.

Комментарии