42

Smart-soatlar endi Toshkentda!

Hi-tech 13.06.2015, 17:17
14785
Smart-soatlar endi Toshkentda!

«Internet tarmog`ida yangi urfga kirgan “aqlli” soatlar to`g`risidagi yangilik haqida o`qigan edim. Qiziq, bizning bozorlarda ham ular paydo bo`ldimikin? Agar paydo bo`lgan bo`lsa, uning texnik tavsifi va narxi haqida batafsil bilmoqchi edim...».

Bahodir U., e-mail orqali

So`nggi yillarda mobil texnologiyalar shu qadar rivojlanib ketdiki,  telefondagi barcha narsani qo`l soatiga joylash imkoni paydo bo`ldi... Ular smartfonning o`ziga xos yordamchilari bo`lib, uskunani cho`ntakdan chiqarib turib, juda ko`p vazifalarni bajarish imkonini beradi. Hozirda bizning bozorda Samsung, Sony hamda Apple singari yirik kompaniyalarning “aqlli” soatlari taqdim etilgan.

Ularning ayrimlari o`z smart-gadjetlarining bir nechta avlodini chiqarishga ham ulgurdi. Masalan, Samsung 4 ta avlod, Sony – 3 ta, Apple – hozircha bitta avlodini taqdim etdi. Har bir firma xaridorlarni biror original narsa bilan hayratga solishga, o`z devayslarini o`ziga xos noodatiy narsa bilan yangilashga intilmoqda. E`tiboringizga yuqoridagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan smart-soatlarning so`nggi modellarini taqdim etishga qaror qildik.

SAMSUNG: ikkitasi birda

Samsung kompaniyasida smart-soatlarning so`nggi modeli GearS avvalgi Gear 2 kabi o`z ichiga olgan kamerasi bilan ahamiyatga molik. U qo`lingizga taqilgan soat yordamida video va rasm suratga olishga yordam beradi. Ushbu devaysdagi infraqizil port televizor va kondisioner kabi turli maishiy texnikani boshqarish imkonini beradi. Datchiklarning standart yig`indisi akselerometr, giroskop, kompas, va pulsometrlarni o`z ichiga oladi. Bu esa jismoniy faolligingizni kuzatishga yordam beradi. Standart tartibda uskuna quvvatsiz ham o`rtacha 2-3 kun ishlay oladi. Soatda tejash tartibi ham bo`lib, u bilan birga uskunaning quvvati 6 kungacha etishi mumkin. Shu bilan birga gadjetda SIM-karta ham mavjud bo`lib, u soatni telefonga ulamasdan turib ham qo`ng`iroqlar amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu imkoniyat akkumulyatorga qo`shimcha og`irlik beradi. Bu eng qiziqarli texnik tavsiflar edi, endi dizaynga o`tamiz. Samsung o`z soatining so`nggi avlodida displeyni egiluvchan xususiyat bilan yaratishga  qaror qildi, bu esa qulaylikka ijobiy ta`sir qildi. Gadjetning standart kamari hali ham rezinali, shuningdek, uning IP67standartidagi namlikdan saqlangan himoyasi ham mavjud.

Taxminiy narxi

Samsung Gear 2 — o`rtacha 1,1 mln. so`m, GearS so`nggi modeli esa sizga 400 ming so`m qimmatroqqa aylanadi. Ta`kidlash joizki, faqat Samsung soatlari bir yillik firma kafolatiga ega.

SONY: suv ostida ham ishonchli

Ro`yxatimizdagi navbatdagisi – yaponiyaliklardan «aqlli» Sony SmartWatch 3 soatidir. Texnik tomondan ular avvalgi modellardan deyarli farq qilmaydi. «Temirida» farq juda ham kam: bu erda ham huddi o`sha datchiklar, infraqizil portdan tashqari, displey ham biroz kichikroq. Ammo dizayn va tashqi ko`rinishida farq biroz ko`proq. SmartWatch 3 ekrani ham to`rtburchak, ammo egilgan emas. Biroq soat hajmi bilakda qulay joylashishga imkon beradi. Sony soatlarining gabaritlari barcha ma`noda Samsung modelinikidan ixchamroq, ortiqcha detallarsiz dizayni ham oddiyroq. Shu sababli yapon gadjeti xushbichimlikni xush ko`ruvchilar uchun ayniqsa qo`l keladi. Shuningdek qo`shib qo`yish lozimki, ushbu soatlar avvalgidagidek kameraga ega bo`lmasa ham, chang va namdan himoyalanganligi darajasi endi yuqoriroq va IP68 darajasiga etib bormoqda. Bu esa suvga chidamlilikni ta`minlaydi.

Taxminiy narxi

Yaponiyaning Sony SmartWatch 3 soati Samsung Gear S gadjetining narxi bilan deyarli teng, SmartWatch 2’ning eskiroq modeli 660 ming so`mni tashkil qiladi.

APPLE: hammaga – o`ziga xos model!

Va nihoyat, dunyoning eng mashhur Apple korporasiyasidan soat. Ushbu korporasiya mahsulotlarini o`rganar ekanmiz, gadjet “hammaga ham to`g`ri kelmaydi” degan taassurot uyg`onadi. Xuddi shu soatlarning uch talqinini yaratish tashabbusining o`zi nimalarga arzimaydi deysiz: Apple Watch Sport – hamyonbop, klassik uslubdagi Apple Watch – biroz qimmat hamda Apple Watch Edition – oltin bilan qoplanganligi sababli juda qimmat. Devayslar talqini bir-biridan materiallari bilan ajralib tursa-da, texnik tomondan deyarli bir xil. Bu esa shubhalarni tarqatadi. Apple soatlarining toifalarga bo`linishi haqida unutib, uning texnik tomonlariga e`tibor qaratamiz. Xo`sh, biz nimani ko`ryapmiz? Etarli darajada innovasion mahsulot: «korpus ichidagi tizim» ishlab chiqarish texnologiyasi maksimal darajada ixchamlikka erishish imkonini beradi, sensori ham juda sezgir. Jismoniy faollikni o`lchash datchiklari GPS-priyomnigini inobatga olmaganda Apple’ning boshqa modellari bilan bir xil. Ixcham hajmi sabab Apple Watch’ning akkumulyatori juda kuchsiz: u standart ishlatilganda bor-yo`g`i bir sutkaga etadi. Tashqi ko`rinishga to`xtaladigan bo`lsak, uni ta`riflash uchun juda ko`p so`z kerak: kichik to`rt burchak ekranli, rezina kamarli, chiroyli metallik soat. Apple bekorga ushbu gadjet ustida uzoq ish olib bormadi: avtonom ishlash vaqtidan tashqari yaqqol ko`rinadigan kamchiliklar yo`q.

Taxminiy narxi

Eng arzon Sport modelining narxi - 3,5 mln. so`mdan boshlanadi. Apple Watch klassik talqini uchun million so`m ko`proq pul to`lash kerak.

Albatta, kim uchundir smart-soatlar bunday narx to`laydigan darajaga arzimaydiganday tuyulishi mumkin. Ushbu devayslarning asosiy vazifasi bo`lmish telefondagi ma`lumotlarni etkazib berish ularni sotib olish uchun muhim ko`rsatkich sanalmaydi. Ammo barcha texnotendensiyalarni kuzatib, o`zini mana shunday yangi gadjetlar bilan siylashni xush ko`ruvchilar ham bor. Shu sababdan tanlash imkoniyati  sizda qoladi!

Smart-soatlarning bazaviy funksiyalari quyidagilar:

  • Vaqt va muddatni ko`rsatish;
  • Qo`ng`iroqni amalga oshirish;
  • SMS-xabarlarni ko`rish;
  • Musiqani boshqarish;
  • Soatlardan suratga olish imkoniyati hamda videoga olish.

Gadjetlarning oxirgi modellari yana radiomodulyar bilan jihozlangan, bu esa qo`ng`iroqlarni telefonga ulanmasdan amalga oshirish imkonini beradi.

Shuhrat MAXSUDOV tayyorladi

 

Комментарии