Rim shahrining asosiy muammosini hal etishga 500 mingta mushuk jalb etiladi

11:52, 15 aprel

Italiya poytaxti merligiga nomzod Antonio Rassi shaharni kalamushlardan qutqarish uchun o`ziga xos taklif berdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Kalamushlarga qarshi kurashish uchun mushuklar jalb etiladi. Zararkunandalarni o`ldirish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar puliga esa mushuklar egalariga pul to`lanadi. Rim shahrini kemiruvchilardan tozalash siyosatchining saylov oldi dasturlaridan biri bo`ldi. Rassining aytishicha, g`oya amalga tadbiq etilishi uchun 500 mingta mushuk kerak bo`ladi.

Mutaxasislarning hisob-kitobiga ko`ra, hozirgi kunda shaharda 6 millionta sichqon va kalamushlar  yashaydi. Ular Rim aholisidan ham ikki baravar ko`proq. Mahalliy hukumat vakillari zararkunandalarga qarshi kurash samara bermayotganini aytib o`tgan.

Rim shahri azaldan kemiruvchilar hujumidan aziyat chekkan. Biroq so`nggi paytlarda ular o`tkazilayotgan dezinfeksiya ishlariga qaramay tez ko`paymoqda. 

Rim shahridagi kemiruvchilardan xoli yagona hudud – Arjentino Forumi maydoni hisoblanadi. Bu erda yashaydigan o`nlab daydi mushuklar kalamushlar ko`payishiga imkon bermaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!