Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari o`z lavozimidan ozod etildi

11:58, 15 aprel

Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari Begalov Baxodir Abdusalomovich boshqa ishga o`tishi munosabati lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmati ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 apreldagi qaroriga muvofiq, Begalov Baxodir Abdusalomovich boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ma`lumot uchun, Baxodir Begalov 1968 yilda tug`ilgan. 1992 yilda Moskva iqtisodiyot-statistika institutini bitirgan. Iqtisodiy fanlar doktori, professor. U 2012 yilning mayidan buyon statistika qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!