16 aprel kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

12:36, 15 aprel

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-13, kunduzi 28-30 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi,  ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin.  Kechasi 10-15,  kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 10-15,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi. 

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 5-10,  kunduzi 17-22 daraja issiq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!