Merilin Monroning mashhur filmlardagi liboslari auksionga qo`yildi

14:33, 15 aprel

Marhum Gollivud aktrisasi Merilin Monroning barchaga birdek taniqli liboslari sotuvga qo`yildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Aktrisaning shaxsiy kolleksiyasidagi ko`ylaklarning bahosi 3 million dollarga baholanmoqda. 

To`plamdan “Jazda faqat qizlar”, “Avtobus bekati” filmlarida aktrisa kiygan ko`ylaklar, zargarlik buyumlari va boshqa shaxsiy buyumlar o`rin olgan.  Aktrisaning ko`ylaklari sotuvi bilan Julien's Auctions auksion uyi shug`ullanadi.

Monroning eng so`nggi filmi “Nimadir yuz berishi kerak”da kiygan ko`ylagi ham avvalroq sotuvga qo`yilgan edi.

Merilin Monro hayot bo`lganida 90 yoshga kirgan bo`lar edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!