KXDRning Kim Ir Senning tug`ilgan kunida ballistik raketani uchirishi muvaffaqiyatsiz kechdi

16:08, 15 aprel

KXDR Kim Ir Senning tug`ilgan kunida ilk marta “Musudan” ballistik raketani uchirdi. Bu haqda “Meduza” xabar bermoqda

Janubiy Koreyalik harbiylarning ma`lum qilishicha, raketa uchirilgandan so`ng u normal traektoriyasidan chetga chiqib ketgan. AQSh mudofaa vazirligi raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz amalga oshirilganini ta`kidladi.

“Musudan”—KXDRning o`rtacha uzoqlikka mo`ljallangan birinchi raketasi. U nazariy jihatdan Amerikaning Guam oroligacha harbiy zarba berishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!