9 balli zilzila kuchini his etish va smartfon yutib olish imkoniyati paydo bo`ldi

16:52, 15 aprel

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi smartfon yutib olish, 9 ballgacha bo`lgan er osti silkinishlari kuchini his etish va zilzila tabiati haqida bilimga ega bo`lish imkoniyatini yaratdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O`zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi Sizlarni zilzila sharoitida to`g`ri harakat qilish borasidagi eng yaxshi bilimlar tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

1) Quyidagi havolaga o`ting va zilzilagacha, zilzila vaqtida va undan keyin o`zingizni qanday tutish qoidalari bilan tanishing.
2) 2016 yilning 20 aprel kuni soat 16:00gacha zilzila vaqtida uyda, ishxonada, maktabda, ko`chada va boshqa sharoitlarda qanday harakat qilishingiz haqida bizga yozib yuboring. Xatti-harakatlaringiz namunasini, ma`lumotlaringizni (Familiya, ism, otangizni ismi,yashash manzili, aloqa telefoni) ko`rsatgan holda, quyidagi elektron manzilga yo`llang tanlov@fvv.uz.

To`g`ri javob berganlar orasidan qur`a tashlash yo`li bilan 20 nafar ishtirokchi tanlab olinadi, ular:

A) Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutining Zilzilalarni simulyasiya qilish markaziga tashrif buyurishadi va u erda seysmologiya rivojining tarixi haqida barcha ma`lumotlarga ega bo`lishadi;
B) ekspozisiya bilan tanishadilar, 1966 yilgi Toshkent zilzilasi va sayyoraning boshqa nuqtalarida yuz bergan boshqa yirik zilzilalar haqida ko`plab qiziqarli ma`lumotlarni oladilar;
V) maxsus jihozlangan zilzilalar simulyatorida 9 balli er osti silkinishi kuchini his qiladilar;
G) bosh sovrin – smartfonga ega bo`ladilar!

Zilzilalar tarixi olamiga maroqli sayohat qilishni hohlovchilardan xatlar 20 aprel soat 16.00gacha qabul qilinadi.

Joriy yilning 21 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida tanlab olingan ishtirokchilar ro`yxati joylashtiriladi.
Mukofotlarni topshirish va ekskursiya shanba, 23 aprel kuni bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!