Jeyms Kemeron “Avatar”ning yana 4 qismini suratga olishga so`z berdi

17:20, 15 aprel

Rejissyor Jeyms Kemeron “Avatar” fantastik filmining davomi bo`lgan 4 qismini suratga olishni rejalashtirgan. U bu haqda Los-Anjeles shahrida o`tkazilgan Cinema Con anjumanida aytib o`tdi. Jeyms Kemeron “Avatar”ni trilogiya doirasiga sig`maganligi uchun buyuk epopeyaga aylantirishni niyat qildi, deb xabar berdi  “Lenta.ru” nashri.  

“Agar uch film bilan cheklanib qoladigan bo`lsak, tarixni qashshoqlashtirib qo`yamiz. So`nggi yillarda eng sara ssenariynavislardan iborat guruh bilan ish olib bormoqdaman. Ular koinotni rivojlantirib, yangidan-yangi qahramonlarni, jonzotlarni, yangi olamlarni va madaniyatlarni dunyoga keltirmoqda. To`rt filmning har biri alohida, mustaqil voqealarni aks ettirsa-da, ular bitta syujet chizig`iga birlashadi. Film 2018, 2020, 2022 va 2023 yillarda ekran yuzini ko`radi”, – deb izoh berdi Kemeron.

Ilgari Kemeron “Avatar”ning yana ikki qismini suratga olib, 2017 yilda kinoteatrlarda namoyish etishni ko`zda tutgan bo`lsa-da, ammo premera boshqa paytga ko`chirildi.

2009 yil dekabrda ilk marotaba ekranga chiqqan “Avatar” filmi haligacha dunyo kinematografiyasi tarixidagi eng kassabop film bo`lib qolmoqda. Jeyms Kemeron bu film prokatidan 28 million dollar daromad olgan. Sem Uortington va Zoya Saldanlar bosh rolni ijro etgan bu filmda ko`plab innavasion usullardan, shu jumladan harakatlarni egallash texnologiyasidan unumli foydalanilgan.   

Bu film “Oskar”ning 9 nominasiyasida ishtirok etib, uchta — “Eng yaxshi operatorlik ishi”, “Eng yaxshi vizual effektlar” va “ Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi” kabi uchta mukofotni qo`lga kiritgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!