Yaponiyada yana er silkinishi oqibatida 11 kishi qurbon bo`ldi

11:34, 16 aprel

Yaponiyaning janubi-g`arbida 16  aprel kuni kechasi navbatdagi er silkinishi oqibatida 11 kishi halok bo`lgan, 760 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Minamo-Aso qishlog`ida joylashgan Tokay universitetining qishloq xo`jalik fakultetining ikki qavatli yotoqxonasi zilzila oqibatida vayron bo`lib, birinchi qavatni ikkinchi qavat to`liq bosib qolgan. Vertolyotdan olingan s`yomkada bino xuddi bir qavatli binoga o`xshab qolgan. Ikkinchi qavatning tomiga zarar etmagan, u cho`kib bir qavatli bino holiga kelib qolgan. Vayronalar tagida 11 kishi qolib ketgan. Qutqaruv ishlari olib borilmoqda.  

AQSh geologiya xizmati ma`lumotlariga ko`ra, zilzila magnitudasi 7 ballni tashkil etgan. Zilzila episentri Kumamoto shahridan 1 kilometr uzoqlikdagi Kyusyu orolida bo`lgan. Bundan ilgari 15 mart kuni ham aynan shu erda 7,1 balli zilzila qayd etilgan edi. 

Kumamoto shahridan 44 ming kishi evakuasiya qilingan, 10 minglab odamlar suvsiz, elektr quvvatisiz qolgan.

14 aprel kuni hum Kumamotoda 6,4 balli er qimirlashi qayd etilib, 9 kishi halok bo`lgan, mingdan ortiq odam tan jarohati olgan, uylar vayronaga aylanib, yong`in chiqqan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!