Stavropolda polisiyachilar bilan bo`lgan otishmada ikki jangari yo`q qilindi

11:36, 16 aprel

Rossiyaning Stavropol o`lkasida federal kuch xodimlari bilan bo`lgan otishmada ikki jangari yo`q qilindi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Voqea Stavropol o`lkasining Kursk tumanida ro`y berdi. Sernovodskoe nomli aholi yashaydigan punktdan to`rt kilometr uzoqlikda joylashgan avtoyo`lda polisiyachilar Lada Priora avtomobilini to`xtatishga uringan. Ammo avtomobilda o`tirgan shaxslar polisiyachilarga qarata Kalashnikov avtomati va Makarov pistoletidan o`t ochgan. Polisiyachilar va jangarilar o`rtasida otishma boshlanib ketgan, oqibatda ikki jangari halok bo`lgan. Voqea joyida tezkor-tergov guruhi va sapyorlar ish olib bormoqda. Jangarilarning shaxsi aniqlangan, ular Astemir Besleneev va Rashid Ustarxanovlar ekanligi ma`lum bo`lgan. 

“Otishma vaqtida polisiyachilarga, tinch aholiga tan jarohati etkazilmagan”, – deb ma`lumot berdi huquq-tartibot idoralari xodimi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!