Parijda portlash yuz berdi

12:17, 16 aprel

Fransiya poytaxtida yuz bergan portlash oqibatida bir kishi yaralangan. U ayni paytda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Segodnya” nashri xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, portlash  Parij shahrining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Elisey maydoni yaqinida sodir bo`lgan. Nashr uylardan biridagi gaz plitasining portlab ketganini taxmin qilgan.

Oy boshida ham Parijda portlash yuz bergan va uning oqibatida 17 kishi jabrlangan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!