Yodgor Mirzajonov kasbini o`zgartirdi?!

12:20, 16 aprel

“Nihol” mukofoti sovrindori Yodgor Mirzajonov “96 soat” nomli serialda suratga tushdi.  Unda xonanda bosh rolni ijro etdi, deb xabar beradi “Popcorn.uz” sayti.

Bu serialni tasvirga tushirish jarayonida xonanda ko`plab qiyinchiliklarga duch keldi.  Avvaliga 96 soat jarlikda qolib ketdi. Bo`rilar quvg`iniga uchradi. So`ng juda ko`p xavfli holatlarga tushdi

  

Mazkur filmning rejissyori Akrom Isoqov. Serialda  taniqli aktyorlardan Karim Mirhodiev, Behzod Muhammadkarimov ham asosiy rollarni ijro etishgan. Qolaversa, Yodgor Mirzajonov ushbu serial uchun saundtrek kuyladi.  

Ma`lumot uchun, Yodgor Mirzajonov aslida San`at institutining musiqali drama aktyori yo`nalishida tahsil olgan. U "Sevgi fazosi" melodramasida,"Olovuddinning yangi sarguzashtlari","Sehrli uzuk" musiqali filmlarida ham suratga tushgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 12:49, 16 aprel
нима кибти саунтрек куйласа, бошка иктидорли актёрла купку
Гость 12:42, 16 aprel
битта шу колвуди узи рол уйнамаган