Misrda poezdning yuk mashinasi bilan to`qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi

12:35, 16 aprel

Misr janubidagi Asuan viloyatida poezdning yuk mashinasi bilan to`qnashishi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo`ldi, yana sakkiz nafari turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, YTH yuk mashinasi haydovchisining aybi bilan sodir bo`lgan. U temir yo`lda harakatlanib kelayotgan poezdni ko`rmay qolgan. YTH oqibatida bir necha vagonlar relsdan chiqib ketgan. Hodisa joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!