Yil boshidan buyon tadbirkorlarga 3,6 trillion so`m bank kreditlari berildi

14:40, 16 aprel

2016 yilning birinchi choragi yakunlariga ko`ra O`zbekistonda 8,4 mingta yoki 2015 yilning shu davridagiga qaraganda 5,5 foiz ko`p yangi kichik biznes sub`ekti tashkil etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 15 aprel, juma kuni bo`lib o`tgan majlisida ma`lum qilindi.

Yil boshidan buyon kichik biznes sub`ektlariga 3,6 trillion so`m bank kreditlari berilgani, o`sish 2015 yilning birinchi choragidagiga qaraganda 1,3 martani tashkil etgani aytilmoqda.

Shuningdek, hisobot davrida ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturi doirasida 167,4 mingta yangi ish o`rinlari tashkil etilgan bo`lib, ularning 57,7 foizi qishloq joylarga to`g`ri keldi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!