Ozodbek Nazarbekov konsertida kutilmagan hodisa ro`y berdi (Video)

15:47, 16 aprel

“Istiqlol” sahnasida shu kunlarda konsertini taqdim etayotgan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning konsertiga har kuni hamkasblari va yaqinlari tashrif buyurishmoqda.

15 aprel kuni o`tgan konsert dasturida boshqa kunlarda bo`lmaydigan bir ajoyib hodisa yuz berdi.

Tashrif buyurganlar orasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artisti Jenisbek Piyazov ham bor edi. Hammasi Ozodbek Nazarbekov uni sahnaga jo`rlikda “Lola” taronani kuylashga taklif etganidan so`ng boshlandi. 

Piyazov taronani bir ikki misra kuylagan bo`ldi-yu, sahnadagi egalikni o`z qo`liga oldi. Ozodbek Nazarbekov esa bu vaqtda dirijyorlik qilishga o`tib ketdi. 

Xullas san`atkorlarning qilgan improvizasiyasiga o`zingiz guvohi bo`lishingiz mumkin.

Xonanda matbuot kotibi bilan bog`langanimizda, u mazkur sahna barcha uchun, xususan ular uchun ham kutilmagan hodisa bo`lganligini aytib o`tdi.

Avvalroq, Nazarbekovning konsert dasturi kunlari uzaytirilgani hamda mazkur konsert dasturidan eksklyuziv reportaj havola etgandik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 20:36, 28 aprel
ростданам кўролмадим
Гость 14:56, 28 aprel
Женисбек Пиязов kim bu///
Гость 14:55, 28 aprel
narmalniy video qoysa boladiku////////
Гость 14:54, 28 aprel
нимани кўрсатмоқчи бўлдила.........
Гость 01:44, 26 aprel
VIDEONI qulingdan kelsa qoygin
Гость 04:24, 18 aprel
videoizzi korib bolmaydiku. internetim 1mb/s lekinsizni videongiz 1 soatdayam ochilmadi. yana mualliflik huquqi emish.
Гость 21:31, 17 aprel
korolmadimku
Гость 17:59, 16 aprel
Tashagan vidiolaring umuman ochmiydiku boshqa farmatda iloji yuqmi