O`zbekiston Prezidenti Yaponiya zilzilalari oqibatida qurbon bo`lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

21:27, 17 aprel

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiya janubidagi Kyusyu orolidagi kuchli zilzilalar natijasida ko`p sonli insonlar halok bo`lishi va vayrongarchilikka olib kelishi munosabati bilan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abega chuqur hamdardlik bildirdi.

Maktubda davlatimiz rahbari qurbon bo`lganlarning oila a`zolariga va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga chuqur hamdardlik va dalda bildirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!