Lionel Messi faoliyatidagi gollari sonini 500 taga etkazib oldi

09:46, 18 aprel

“Barselona” klubi etakchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 33-turida “Valensiya”ga qarshi (1:2) o`yinda gol kiritib, faoliyatidagi gollar sonini 500 taga etkazib oldi. Bu haqda Championat.com nashri xabar bermoqda. 

Argentinalik hujumchi 515 daqiqadan iborat golsiz seriyaga ham yakun yasadi. 

Messi 500 ta goldan 450 tasini “Barselona” libosida, 50 tasini Argentina termasi safida kiritgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!