Jonni Deppning rafiqasi 10 yillik qamoq jazosidan qutulib qoldi

10:54, 18 aprel

Avstraliya sudi amerikalik aktyor Jonni Deppning rafiqasi Ember Xerdga nisbatan ilgari surilgan ikki ayblovni bekor qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Ember mamlakat hududiga noqonuniy ravishda itlarni olib kirganlikda ayblanmoqda. Aktrisaga qonun bo`yicha 10 yil qamoq jazosi berilishi kerak edi. Ember ma`lumotlar noto`g`ri ko`rsatilgan  hujjatlarni topshirganini tan oldi. U endi bir yilga qamalishi va 7650 dollar miqdorida jarima to`lashi mumkin. 

Gollivud aktyori Jonni Deppning rafiqasi 2015 yilning may oyida shaxsiy samolyoti bortida ikkita zotdor itni mamlakat hududiga olib kirgan. U erda “Karib dengizi qaroqchilari” filmining navbatdagi qismi suratga olinayotgan edi. 

Avstraliyaning noyob turdagi hayvonot olami tufayli mamlakat hududiga hayvon olib kirish bo`yicha qat`iy qonunlar ishlab chiqilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!