Odil Ahmedov “Krasnodar”ning Evropa Ligasidagi omadsizligi sababini aytdi

11:06, 18 aprel

O`zbekiston milliy terma jamoasi va “Krasnodar” futbol klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov “Sport-Ekspress” nashriga bergan intervyusida “buqalar”ning Evropa Ligasidagi omadsiz o`yinlari haqida so`zlab berdi.

“Nima uchun Evropa Ligasida “Sparta” to`sig`idan o`tib olmadik? Chunki bunday o`yinlarda yagona gol keyingi bosqich taqdirini hal qilishi mumkin. Chexiyada bo`lib o`tgan o`yinda 0:1 hisobida yutqazdik. O`z maydonimizda esa birinchi bo`limda yaxshi himoyalandik, ikkinchi bo`limda esa gol o`tkazib, taslim bo`lishga majbur bo`lik. Keyin yana ikkita gol qabul qildik. “Sparta”ga o`xshagan intizomli va tartibli jamoaga qarshi bir nima qo`llash qiyin bo`ladi”, – deydi Ahmedov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!