Jorjo Armani o`z kompaniyasini maxsus jamg`armaga topshiradi

11:25, 18 aprel

Italiyalik modeler Jorjo Armani o`zining Giorgio Armani s.p.a. kompaniyasini maxsus jamg`armaga topshirmoqchi ekanligini  aytib o`tgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Tashkilot menejmenti shaxsan dizaynerning o`zi tomonidan tanlab olingan xodimlardan tashkil topadi.

“O`tgan yillar ichida kompaniya taqdiri haqida ko`p bosh qotirdim. O`ylashimcha, jamg`arma tashkil etish—eng maqbul qaror. Jamg`arma kompaniya faoliyatiga bevosita aloqador bo`ladi va yuridik jihatdan biznesni nazorat qiladi”,—dedi Armani.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!