Tohir Malik estrada xonandalarini kimlarga o`xshatishini aytdi

12:05, 18 aprel

Facabook ijtimoiy tarmog`i orqali O`zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning hozirgi shou-biznes vakillariga berilgan ta`rifi e`tiborimizni tortdi. 

Tohir Malik: “Kayfiyatning xojasi kishining o`zi. Kayfiyatini boshqara olsa – xoja, boshqara olmasa – qul. Qulning qismati og`irroq. Men yomon kayfiyatni engishga harakat qilaman. Har bir odamning bu boradagi uslubi o`ziga xos bo`ladi. Ko`nglim og`rigan paytda televizordagi yaxshi narsalarni ham ko`rgim kelmaydi. Shunda ashulachilarning kliplarini ko`raman. Ha, aynan ko`raman. Ovozlarini o`chirib qo`yaman. Chunki ashulalarining so`zlarini eshitsam, tepa sochim tikka bo`lib ketadi. Ovozni o`chirib, ularning harakatlarini ko`rsam kulgim keladi. Siz ham bir tajriba qilib ko`ring. Ba`zilarida xuddi hayvonot bog`ida ochiq eshiklar kuni o`tkazilayotganga o`xshaydi. Ba`zi ashulachilarning qorni burab og`riyapti-yu, hojatxona eshigi oldida navbat kutib qiynalayotganga o`xshaydi...” 

Bu so`zlarni izohlashga hojat yo`q. Hamma o`zi uchun xulosa chiqarishiga ishonamiz...

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!