19 aprel kuni respublikamizda qanday ob-havo kuzatiladi?

13:27, 18 aprel

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha etadi.  Kechasi 8-10, kunduzi 20-22 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi,  ayrim tumanlarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha etish ehtimoli bor. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha etish ehtimoli bor. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  ayrim tumanlarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha etish ehtimoli bor. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha etish ehtimoli bor. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha etish ehtimoli bor. Kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 2500 metrdan baland hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha etish ehtimoli bor. Kechasi 3-8,  kunduzi 8-13 daraja issiq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!