Peskov nemis gazetasi to`g`risida noto`g`ri ma`lumot bergani uchun Putindan gap eshitdi

13:45, 18 aprel

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitiriy Peskov 14 aprel kuni bo`lib o`tgan “jonli muloqotda” Sueddeutsche Zeitung nomli nemis gazetasining Amerikaning Goldman Sachs banki bilan aloqalari to`g`risidagi noto`g`ri ma`lumotni taqdim etgani uchun prezidentdan tanqidiy fikrlar eshitganini tan oldi.  

“Yaxshigina gap eshitdim, – dedi Peskov “Rossiya-1” telekanali boshlovchisi Vladimir Solovyovning “Yakshanba oqshomi” ko`rsatuviga bergan intervyusida. – Hech kimga prezidentdan tanqidiy fikr eshitishni ravo ko`rmayman”. 

“Jonli muloqot” paytida Vladimir Putin o`zi haqida ilk marotaba maqola e`lon qilgan nemislarning Sueddeutsche Zeitung gazetasi Amerikaning Goldman Sachs banki tizimidagi xolding tarkibiga kirishi haqida gapirib o`tgandi. Keyinchalik Putin ma`lumotning yolg`onligini tan olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!