Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi

14:12, 18 aprel

Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bahodir Begalov moliya instituti rektori lavozimini egalladi.

Baxodir Begalov 1968 yilda tug`ilgan. 1992 yilda Moskva iqtisodiyot-statistika institutini bitirgan. Iqtisodiy fanlar doktori, professor.  

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 apreldagi qaroriga muvofiq, Begalov Bahodir Abdusalomovich boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari lavozimidan ozod etilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!