Navbatdagi “Salomatlik” poezdi Qoraqalpog`istonga yo`l oldi

15:24, 18 aprel

18-26 aprel kunlari Toshkent – Qoraqalpog`iston – Jasliq –Toshkent yo`nalishidagi “Salomatlik” poezdi tashkil etiladi. 

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan maxsus vagonlar taqdim etilib, yuqori malakali shifokorlar guruhi aholiga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko`rsatish maqsadida “Toshkent” shimoliy vokzalidan yo`lga chiqdi. 

Ushbu malakali shifokorlar bilan birga joylarda fondning Qoraqalpog`iston Respublikasi ko`chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi xodimlari ham aholiga tibbiy xizmat ko`rsatadi. Ushbu insonparvarlik yordami 1 102,1 mlrd. so`mlik oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda dori-darmon va tibbiyot anjomlari, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiena vositalaridan iborat muruvvat yordamlaridan tashkil topgan.

2016 yil 21-29 mart kunlari Navoiy viloyatining chekka tumanlarda yashovchilarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko`rsatish uchun Toshkent – Navoiy – Tinchlik – Konimex – Qara-qata – Mustaqillik – Qizilquduq – Buzaubay – Uchquduq II – Toshkent yo`nalishidagi “Salomatlik” poezdi tashkil etildi. Ushbu “Salomatlik” poezdlarining mutaxassislari tomonidan 2229 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Tibbiy ko`rik bilan bir qatorda “Salomatlik” poezdining faoliyati davomida viloyatdagi 24 ta tibbiy va ijtimoiy muassasalarga shuningdek, 2700 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli ravishda oziq-ovqat paketlari hamda tibbiy ko`riklardan o`tgan aholiga alohida kiyim-kechak, dori-darmon, vitamin, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiena vositalaridan iborat jami 649,8 mln. so`mlik insonparvarlik yordami tarqatildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!