“Ummon” dagi Shohruhning uylangani yolg`on bo`lib chiqdi

15:36, 18 aprel

 “Ummon” guruhi yigitlaridan biri Shohruhning to`yi bo`layotganligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi, deb yozadi “Shov-shuv.uz” sayti.

Mishlarga oydinlik kiritish uchun sayt vakillari “Ummon” chilar bilan bog`landi. Guruh vakillaridan biri Jasur esa bu mish-mishlarni inkor qildi. 

Saytning yozishicha, “Ummon”chilar tez kunda yangi klipni muxlislar e`tiboriga havola etadi. Bundan tashqari, ular yana ikkita yangi qo`shiqni ham tayyorlamoqda. 

 Eslatib o`tamiz,  “Ummon” guruhi 1—2 iyun kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!