Parkentdagi “Zarkent ota” ziyoratgohida “Tarixdan sado berguvchi obod go`shalar” aksiyasi o`tkazildi

20:24, 18 aprel

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi “Zarkent ota” ziyoratgohida “Tarixdan sado berguvchi obod go`shalar” aksiyasi o`tkazildi.

O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi va “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg`armasi viloyat bo`limi hamkorligida tashkil etilgan aksiyada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixiy qadamjolarni obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish, turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta`kidlandi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 sentyabrdagi “2013-2015 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to`g`risida”gi qarori bu borada muhim omil bo`lmoqda.

– An`anaviy o`tkazib kelinayotgan “Yoshlar va turizm” viktorinasi yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg`usini yuksaltirish, turizm sohasiga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda, – deydi O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi Mahmud Nazarov. – Bugungi tadbirga ana shu viktorina doirasida o`tkazilgan tanlov g`oliblari jalb qilindi. Viloyatimizning turli hududlaridan kelgan yoshlar “Zarkent ota” ziyoratgohida bo`ldi, obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish ishlariga hissa qo`shdi. Gul va manzarali daraxt ko`chatlari ekdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!